
"Al Sadd" ustozi: "Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman
Bugun OChLda 3-tur o‘yinlari start oldi. Bundan biroz oldin yakuniga etgan bahsda Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Jezualdu Ferreyra ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu o‘yinga yo‘qotishlar bilan keldik, aytaylik Xavi ham jamoamizga yordam bera olmadi. "Nasaf" o‘yinni jamoaviy o‘yin va yuqori jismoniy tayyorgarlik sabab yutdi. Jamoani yana bir bor tabriklaymiz va keyingi o‘yinda revansh olishga harakat qilamiz.
Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz? Umuman hamma jamoada imkoniyat bor. Guruhdagi 3 jamoada 6 tadan ochko mavjud. Biz keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga urinamiz.
Guruhdagi 3 jamoa bilan o‘ynab chiqdik, ularning hammasi kuchli. Chempionlar ligasdai jismoniy kuchga asoslangan futbol bo‘ladi.
"Nasaf"ni o‘z uyida 21 000 muxlis qo‘llab quvvatladi, bu ham maydon egalariga qo‘shimcha kuch berdi", - deb aytib o‘tdi "Al Sadd" ustozi.
Fikrlar