"Al-Vaxda" bosh murabbiyi: Toshkentga kuchli futbolchilarimizni olib kelolmadik

  • 11 fevral, 2018, 12:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida "Lokomotiv" o‘z maydonida o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Vaxda" klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.

Tecno

Bugun har ikkala jamoa murabbiyilari o‘rtasida o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanning birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.

“Bu guruhdagi birinchi bahs bo‘lgani uchun ham katta mas’uliyat yuklaydi. Biz Toshkentga bir nechta etakchi futbolchilarimizni olib kela olmadik. Shu bois ertaga bu borada muammolarga duch kelishimiz mumkin.

Jamoamiz o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. Biz uchun OChL ham chempionat bahslari ham birdek muhim hisoblanadi. “Al-Vaxda” har bir uchrashuvga faqat g‘alaba uchun chiqadi.

Ertangi raqibimiz safidagi Sardor Rashidovni yaxshi bilaman. U yuqori saviyali futbolchi. Uning “Lokomotiv”ga kelishi jamoani kuchaytirishi aniq. Biroq, biz ertaga Rashidovga qarshi emas, “Lokomotiv”ga qarshi o‘ynaymiz.

Bir so‘z bilan aytganda biz uyga 3 ochko bilan qaytmoqchimiz”, - deydi tajribali mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Al-Vaxda" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00 start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!