Alaba "Real"da qolishni rejalashtiryapti
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi David Alaba kelajakdagi rejalarini aniqlab oldi. Avstriyalik futbolchi Ispaniya klubida qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi klub bilan yangi mehnat shartnomasiga erishish uchun harakat qiladi. Alabaning amaldagi kelishuvi 2026 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Qayd etilishicha, ayni paytda "Real" rahbariyati 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.
David Alaba 2021 yilda Madrid jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. "Real" tarkibida fulbek 120 ta o‘yin o‘tkazdi. "Qaymoqranglilar" uchun David beshta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining "Transfermarkt"dagi narxi 4 mln evroni tashkil qilmoqda.



Fikrlar