"Alaves" 3 ta futbolchisida koronavirus aniqlanganini tasdiqladi

  • 12.08.2020 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Alaves” klubida ham koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etildi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Covid-19 ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi test natijalariga ko‘ra, jamoaning 3 nafar a’zosida ushbu virus borligi tasdiqlangan.

Ularning barchasida kasallik alomatlari mavjud emas. Shunga qaramasdan ular o‘z uylariga jo‘natib yuborildi.

Bundan avvalroq "Atletiko", "Valensiya", "Betis" va "Granada" klublarida ham koronavirus bilan bog‘liq bir nechta holatlar qayd etilgan edi.

“Alaves” yakunlangan mavsum La Ligada 16-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!