Aldjameyn Sterling: "UFC, avval, eng yaxshilar eng yaxshilarga qarshi kurashadigan tashkilot edi, biroq hozir..."
UFC cobiq chempioni Aldjameyn Sterling braziliyalik Diego Lopes (27-7) va avstraliyalik Aleksandr Volkanovski (27-4) to‘qnashuvi haqida gapirdi.
"UFC nima qilmoqchi ekanini tushunaman. Ular Meksika va Braziliya sharafini himoya qiladigan chempionni xohlamoqda. Biroq... mezonlar qanday? Men shuni bilmoqchiman. UFC, avval, eng yaxshilar eng yaxshilarga qarshi kurashadigan tashkilot edi. Endi esa barchasi sening mashhurlik darajangga bog‘liq bo‘lib qoldi", - dedi amerikalik.
Eslatib o‘tamiz, Lopes va Volkanovski qarama-qarshilgi 2026 yilning 31 yanvar kuni "UFC 325" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar