Aldjameyn Sterling: "Umar Nurmagomedovga titul jangi uchun yana bir g‘alaba kerak"

  • 14.10.2025 21:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik UFC jangchisi Aldjameyn Sterling Rossiya vakili Umar Nurmagomedovning kelajagi borasida prognozlarini bildirib o‘tdi.

"Agar Umar bo‘lajak bahsda Mario Bautistodan engilsa, AQSh sportchisi chempionlik uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi. Chunki unda 8 jangdan iborat g‘alabalar seriyasi mavjud. Shuningdek Bautisto Bellator chempioni Patrik Miksni ham taslik etgan. Biroq agar Nurmagomedov ushbu to‘qnashuvda g‘alaba qozonsa, chempionlik jangini qo‘lga kiritish uchun yana bir raqibni er tishlatishi kerak. Shundagina uni titul bahsiga loyiq, deb atay olamiz", — dedi Sterling o‘zining You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Umar Nurmagomedov (18-1) 26 oktyabr kuni "UFC 321" turnirida Mario Bautisto (16-2) bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!