Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Alehandro Garnacho La Liga o‘tishi mumkin

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Oʻyin amaliyoti yetishmayotgani sababli «Aston Villa»dagi Alehandro Garnacho yaqin orada La Liga klubiga oʻtishi mumkin.

Yozgi transfer oynasida Alehandro Garnacho «Chelsi»dan «Aston Villa»ga o‘tgan edi. Birmingem klubi uni keyinchalik to‘liq sotib olish imkoniyati bilan ijaraga asosida qo‘lga kiritgan.

Biroq yangi jamoasida vinger deyarli o‘yin amaliyotiga ega emas. Shu bois, Garnacho yaqin vaqt ichida yana klubini almashtirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan futbolchiga hozirda La Liga jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alehandro Garnacho «Manchester Yunayted»dan «Chelsi» safiga qo‘shilgan edi. U londonliklar tarkibida jami 43 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q