Aleks Fergyuson davridagi yana bir futbolchi MYudan ketmoqchi

Fil Jons qishki transfer oynasi vaqtida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda ingliz nashrlari.

Ta’kidlanishicha, angliyalik futbolchi xizmatlariga "Inter" va "Byornli" klublari qiziqish bildirmoqda. "Inter" Jonsni qishda ijaraga olib, yozda to‘laqonli sotib olishni rejalashtirmoqda. "Byornli" esa himoyachining transfer ishlarini qishda yakunlab qo‘ymoqchi.

Futbolchining o‘zi "neradzurrilar" bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi, ingliz klubi esa klub rahbariyatidagi o‘zgarishdan so‘ng, ushbu transfer masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

Jonsning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 3,5 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!