Aleks Pereyra: "Magomed Ankalaevning provokatsiyasiga uchmayman"

  • 08.06.2025 17:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Braziliyalik UFC jangchisi Aleks Pereyra yarim og‘ir vazn toifasida amaldagi chempion Magomed Ankalaevning tvitlariga javob qaytardi.

"Magomed hozir ismimni aytib o‘zini reklama qilmoqda. Bunday qilmasa, hech kim uning chempionligini ham bilmaydi. Lekin men Ankalaevning provokatsiyasiga uchmayman va uning internetdagi xabarlariga javob bermayman. Vaqti kelganda hammasi uchun javob qaytaraman” - deya sobiq UFC chempionining so‘zlarini keltirdi "UFC Brasil".

Eslatib o‘tamiz, Ankalaev 2025 yilning mart oyida Pereyrani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, UFC kamarini tortib olgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!