Aleks Pereyra qurolidan ayrildi

  • 4 noyabr, 2024, 19:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni, kuchli zarbalari bilan tanilgan  Aleks Pereyra yaqinda bo‘lib o‘tgan Xalil Rauntriga qarshi jangda jarohat olganini ma’lum qildi.

"Xalilga qarshi jangning to‘rtinchi raundida raqibimga zarba yo‘lladim va birdan qo‘lib qattiq og‘rib ketdi. Garchi o‘sha bahsda g‘alaba qilgan bo‘lsam-da, jarohatim bois xozir ham qo‘limni ishlatishga qiynalyapman", - dedi "Poatan".

Eslatib o‘tamiz, "UFC 307" turnirida Pereyra 4-raundda Rauntrini texnik nokautga uchratdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!