Aleks Pereyra UFC rekordini yangiladi !

  • 06.10.2024 14:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim og‘ir vaznda (93 kg) UFC chempioni Aleks Pereyra Xalil Rauntriga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, UFC rekordini yangiladi. Ya’ni u eng qisqa vaqt – 175 kun ichida 3 marotaba kamar himoyasini o‘tkazgan yagona jangchiga aylandi.

Undan avvalgi rekord ayollar super engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ronda Rouziga tegishli bo‘lib, u 189 kun ichida uch marta chempionlikni himoya qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilgan "UFC 307" turnirida Aleks Pereyra 4-raundda Xalil Rauntrini texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!