Aleks Perreyra grepplingda Xamzat Chimaev bilan kuch sinashmoqchi
Yarim og‘ir vaznda (93 kg) UFC chempioni Aleks Perreyra o‘rta vazn toifasi (84 kg) chempioni Xamzat Chimaevga murojaat qildi.
"Xamzat men bilan jang qilmoqchi ekanini aytdi. Unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etaman. Kel, sen bilan grepplingda kuch sinashamiz. Buni faqat bitta shart bilan amalga oshiramiz: mazkur bahsdan kelgan hamma pul xayriyaga yo‘naltiramiz", - dedi braziliyalik ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni Perreyra "UFC 320" turnirining asosiy jangida rossiyalik Magomed Ankalaevni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, kamarini qaytarib oldi.
Fikrlar