Aleks Perreyra Siril Ganning zarbasiga bardosh berolmaydi(mi?)

  • 14.03.2026 17:11
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Ikki vaznda UFC sobiq chempioni Genri Sehudo Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan Siril Gan va Aleks Perreyra jangi uchun o‘z prognozlarini bildirdi.

"Perreyra Sirilni yengadi, deb o‘ylamayman. Chunki bu y erda vaznning ahamiyati juda katta. Og‘ir vaznda ishtirok etsa ham, Gan juda harakatchan yigit. Jag‘iyam baquvvat. Uni hali hech kim finish qila olmagan. Fransiyalikning harakatlari Aleksga katta muammo tug‘diradi. Aksiga olib, Perreyraning kurashi mahorati ham yetarlicha emas. Braziliyalik oxirgi janglarida "stoyka" da ham zarbalarni o‘tkazib yubormoqda. Shu bois meni bir savol o‘ylantiryapti: u og‘ir vazndagi sportchining zarbasiga bardosh bera olarmikin?" – dedi Sehudo.

Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi UFC turniri 14 iyun kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!