
Aleksandr Krestinin: "Mashg‘ulotlarda hammasi o‘xshamoqda, biroq..."
Superligada 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Lokomotiv" jamoasi safarda "Paxtakor"ga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Juda yomon boshladik. Ikkinchi taymda biroz o‘zimizni o‘ngladik.
- "Lokomotiv" so‘nggi g‘alabasini birinchi davrada "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgan edi. Undan keyin jamoa g‘alaba qozongani yo‘q. Jamoa nega uzoq vaqtdan beri g‘alaba qozonmayapti?
- Mendan avvalgi davr haqida javob bermayman. Istagan tezligimizga ikkinchi bo‘limda erishdik. Tezlik etishmayapti. Busiz g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.
- "Lokomotiv"ni ikkinchi taymda yaxshi o‘ynaganini aytingiz. Haqiqatdan ham shunday, ammo vaziyatlardan foydalanishda muammolar ko‘zga tashlandi?!
- Ruhiyat bilan bog‘liq. Agar jamoa tayyor bo‘lmaganida ikkinchi taymda o‘yinga qaytmagan bo‘lar edi. Mashg‘ulotlarda hammasi o‘xshamoqda, biroq maydondagi ruhiy holatimiz borasida ishlaymiz.
- Jamoani mavsum oxirida turnir jadvalida hozirgi holatidan yaxshiroq o‘ringa olib chiqishingizga ishonasizmi?
- Albatta ishonaman. Biz 3 o‘yinning 2 tasida yuta olmadik. Bittasida engildik. Bugungi bahsning ikkinchi bo‘limi so‘zimga isbot bo‘ladi.
Fikrlar