Aleksandr Krestinin: "To‘g‘risi, tushunib bo‘lmas o‘yin ko‘rsatdik"

  • 04.08.2024 23:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz natijadan va hujum chizig‘idagi o‘yindan norozimiz. To‘g‘risi, tushunib bo‘lmas o‘yin ko‘rsatdik, oldingi chiziqda. Buni albatta, ko‘rib chiqamiz. 

- Yozgi transfer oynasidagi xaridlardan qay darajada ko‘nglingiz to‘ldi? Jamoaning o‘yinini qay darajada o‘zgartirmoqchi bo‘lyapsiz?

- Afsuski, biz hali-hamon quyi o‘rindan ko‘tarila olganimiz yo‘q. Bugun 3 ochko ishlay olmaganimiz uchun. Transfer kompaniyasi qog‘ozda yomon emas edi, ammo maydonda ko‘p narsa o‘xshamadi. Jamoa hujum chizig‘ida biz mashg‘ulot o‘tkazgandek harakat qilgani yo‘q. Masala, ijrochilarning darajasida emas. Bugun penaltidan gol o‘tkazib, penaltidan hisobni tenglashtirdik. Darvoza sari bor yo‘g‘i 5 ta zarba bera oldik xolos.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!