Aleksandr Usik Jon Jons bilan jang qilishi mumkin

  • 21.03.2026 19:56
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Aleksandr Usik jamoasining direktori Sergey Lapin ukrainalik bokschi amerikalik MMA ustasi Jon Jons bilan jangga tayyorligini aytdi. 

“Usik Jeyk Pol bilan oktagonga chiqishi haqidagi mish-mishlar tez-tez yangrayotgan bo‘lsa-da, biz hozircha muzokaralar o‘tkazmadik. Ammo ijodiy va qiziqarli hamkorlikka doim ochiqmiz. Masalan, Qo‘shma Shtatlarda Jon Jonsga qarshi jang juda qiziqarli bo‘lishi mumkin.

Agar o‘z davrining eng yaxshi bokschisi va eng yaxshi MMA ustasi o‘rtasidagi to‘qnashuv tashkil etilsa, bu katta voqealikka aylanishi aniq. Shuningdek, ushbu bahs sayyoradagi eng xavfli odamni ham aniqlab beradi”, – dedi Lapin "The Mirror" nashriga bergan intervyusida.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!