Aleksandr Usik kamarlaridan nega voz kechdi?

  • 28.06.2026 22:16
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli bokschi Aleksandr Usik jamoasi direktori Sergey Lapin ukrainalikning WBA, WBC, IBF va IBO chempionlik kamarlaridan voz kechish qarorini tushuntirdi.

"Usikning sport direktori sifatida aytishim mumkinki, bu qaror og‘ir vazn toifasining kelajagini o‘ylagan holda qabul qilindi. Aleksandr boshqa bokschilarga imkoniyat berish uchun unvonlaridan voz kechdi. Usikning hozirgi maqsadi afsonaviy karerasidagi so‘nggi jangini AQShda o‘tkazib, merosining oxirgi bobini yaratmoqchi", - deya Lapinning so‘zlarini keltirdi ESPN portali.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr 2026 yil 23 may kuni Riko Verkhovenga qarshi ringga ko‘tarilib, 11 raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!