Aleksandr Usik kimga qarshi ringga chiqishni orzu qiladi?
Ukrainalik taniqli charm qo‘lqop ustasi Aleksandr Usik (25-0, 16 KO) o‘z intervyularida doim boks afsonasi Muhammad Alini yuqori baholagani va unga qoyil qolganini hech qachon yashirmagan.
Bugun ham boks ishqibozlari va mutaxassislar orasida turli davrda yashagan afsonalarni o‘zaro taqqoslash, ularning jang uslubi va o‘zaro to‘qnash kelganda kim ustun chiqishi mumkinligi haqida bahslar to‘xtamaydi. Shu ma’noda, yaqinda yana bir mashhur bokschi Larri Xolms o‘z fikrini bildirib, Usik Aliga qarshi to‘qnashuvda hatto bir raund ham yuta olmasdi, degan edi.
Aleksandr esa o‘zi uchun ideal deb bilgan Ali bilan qarama-qarshilikni shunday tasavvur qildi:
"Agar men o‘z davrimdan emas, boshqa bir avloddan raqib tanlash imkoniga ega bo‘lganimda, albatta, bolaligimdan kumirim bo‘lgan Muhammad Ali bilan jangni tanlardim. Bu juda og‘ir, keskin kurash bo‘lardi va o‘ylashimcha, o‘n ikki yoki o‘n besh raundgacha cho‘zilardi. Natija kelsak, Ali g‘alaba qozonardi, lekin faqatgina ochkolar bo‘yicha!" — deya ta’kidladi Usik.

Fikrlar