Aleksandr Usik promouterlik kompaniyasini qayta ishga tushiryapti

  • 07.02.2026 10:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ukrainalik taniqli bokschi Aleksandr Usik "Usyk 17" promouterlik kompaniyasini qayta ishga tushirishini e’lon qildi.

“Usyk 17 qaytdi. Biz bu bahorda Kievda yirik turnir o‘tkazmoqchimiz. Sanani keyinroq e’lon qilamiz. Bo‘lajak ishtirokchilar faqat Ukrainadan kelgan yosh bokschilar bo‘ladi va biz ularga maqsadlariga erishishda yordam beramiz. Mamlakatimizda yangi chempionlarni tarbiyalash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, – dedi Usik ijtimoiy tarmoqlarda.

Ma’lumot uchun, bokschilar bilan ilk shartnomalar va promouter tadbirlari fevral oyi oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!