Aleksandr Usik va Riko Verkhoven jangi gʻolibiga maxsus sovgʻa topshiriladi!

  • 20.05.2026 21:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

WBC, WBA va WBO chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik va Glory chempioni Riko Verkhoven oʻrtasidagi jang tashkilotchilari gʻolib uchun maxsus mukofot eʼlon qilishdi. Bu haqida "Ring Magazine" xabar bermoqda.

23 may kuni Gizada oʻtkaziladigan bahs gʻolibiga "WBC Main Event" jahon chempionligi uchun maxsus kulon beriladi. Kulon 18,9 karatli zumrad va olmoslardan yasalgan boʻlib, uning qiymati 40 000 dollarga baholanmoqda.

Maʼlumot uchun, 2012 yildagi Olimpiya chempioni Usik professional boksdagi debyutini 2013 yilda oʻtkazgan. 2025 yilda esa u ogʻir vaznda ikki karra mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!