Aleksandr Usik va Tayson Fyuri trilogiyasi o‘tkaziladi, agar...

  • 05.09.2026 13:30
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik o‘zining asosiy raqibi Tayson Fyuriga qarshi trilogiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqida ukrinalik jamoasining direktori Sergey Lapin ma’lum qildi.

Trilogiya haqidagi gap-so‘zlar "Lўlilar qiroli" yana bir bor Usik bilan ringga chiqishga tayyor ekanini omma oldida aytgani­dan so‘ng yana faollashdi. Fyuri bu taklifni Entoni Joshuaga qarshi bahs bo‘yicha muzokaralar barbod bo‘lgan taqdirda amalga oshirish mumkinligini bildirgan. Ukrinalik chempion tomoni bu chaqiriqqa tezkor javob qaytardi, biroq aniq shartlarini qo‘ydi va o‘zining boshqa ustuvor yo‘nalishlarini ham belgilab oldi.

"Lapinning tasdiqlashicha, Usik uchun navbatdagi raqib — Deontey Uaylder. Hozircha bu to‘qnashuv uchun shartnoma imzolash va rasmiylashtirish kerak. Aleksandr jamoasi Fyuri bilan trilogiyani esa faqat Uaylderga qarshi jangdan so‘ng ko‘rib chiqishi mumkin", — deya xabar beradi "King Boxing Media" o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida.

Avvalroq, Aleksandr Usik va Deontey Uaylder o‘rtasidagi bahs kelgusi yil mart oyida o‘tkazilishi ma’lum qilingan­di.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!