Aleksandr Usik xayrlashuv jangida kim bilan kuch sinashadi?

  • 30.10.2025 17:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Amerikalik taniqli murabbiy Teddi Atlas og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik faoliyatini yakunlashdan oldin braziliyalik MMA jangchisi Aleks Perreyraga qarshi xayrlashuv jangini o‘tkazishi mumkinligini aytdi.

“Usik faoliyatining tugash qismiga yaqinlashayotganini biladi. Balki u boshqacharoq bahslarni xohlab qolgandir. Shu ma’noda, Perreyraga bilan jang — ajoyib imkoniyat. Aleksda ham Aleksandr kabi katta obro‘ bor!” — dedi Atlas "OLBG" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Usik 19 iyul kuni Daniel Dyubuani 5-raundda nokaut qilganidan buyon ringga chiqmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!