
Aleksandr Usikka yangi raqib topildi. U WBA chempionlik kamarini himoya qiladi!
Og‘ir vazn toifasidagi WBA, IBF, WBO, The Ring kamarlari egasi ukrainalik Aleksandr Usikning navbatdagi raqibi deyarli ma’lum bo‘ldi.
Butunjahon boks ixlosmandlari Usik va Fyuri jangini kutayotgan bir pallada, ukrainalik bokschiga yangi raqib tanlandi. Ya’ni, WBA chempionlik kamari himoyasi uchun u endi yana bir britan bokschisi Daniel Dyubua bilan ringga ko‘tariladi. Tashkilot ushbu jangga buyruq bergan.
Ma’lumot uchun, Dyubua professional faoliyati mobaynida 19 ta g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan va mos ravishda WBA reytingida 1-pog‘onada qayd etilgan. Usikda esa 20 ta jang va barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar