Aleksandr Usikning chempionlik kamarlaridan voz kechgani yaxshi bo‘ldi

  • 28.06.2026 21:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli promoter Eddi Hirn ukrainalik bokschi Aleksandr Usikning chempionlik kamarlarini bo‘sh qoldirish qarorini qo‘llab-quvvatladi.

"Bu qaror da’vogarlar va divizion uchun ajoyib yangilik, chunki tez orada ko‘plab qiziqarli janglarni ko‘ramiz, deb o‘ylayman. WBA ga qaraydigan bo‘lsak, unda Gassiev va Jarrell Miller jahon chempioni unvoni uchun kurashmoqda. IBF da esa Frank Sanches... Keyin bizda Uordli, Dyubua va Itauma ham bor. 

Hozir shunday vaziyat yuzaga keladiki, bizda to‘rtta jahon chempioni bo‘lishi mumkin va agar ular bir-biri bilan jang qilishsa, nima bo‘lishini o‘ylab ko‘ring! Bular unchalik mashhur nomlar emas, biroq biz bir nechta hayajonli, birlashtiruvchi janglarni ko‘rishimiz mumkin", - deya Hirnning so‘zlarini keltirdi "SecondsOut".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!