Aleksandr Usikning keyingi janggi urush sabab bekor bo‘lishi mumkin
Xabaringiz bor, ayni paytda davom etayotgan AQSh va Eron o‘rtasidagi mojarolar Yaqin Sharqda beqaror vaziyatni keltirib chiqarmoqda.
Shu bois ukrainalik charm qo‘lqop ustasi Aleksandr Usik Glory sobiq chempioni Riko Verkhovenga qarshi boks jangini keyinga qoldirishi mumkin.
"Jamoa 100% B rejasini ko‘rib chiqmoqda, lekin men bu haqida umuman o‘ylamayapman. Mashg‘ulot o‘tkazishim kerakligini bilaman va agar jang tashkilotchiligi bilan bog‘liq muammo yuz bersa, jamoamga xabar berishadi. Shundan so‘ng vaziyatga qarab ish tutamiz", - deya bokschining so‘zlarini keltirdi "Suspilne Sport".
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik va Riko Verkhoven 23 may kuni Misr piramidalariда o‘zaro to‘qnash kelishi rejalashtirilgan.
Fikrlar