Aleksandr Usikning super og‘ir vazndagi debyutida imkoniyati qanday? ( Mutaxassislar va bokschilarimiz fikri)

  • 11 oktabr, 2019, 21:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkent vaqti bilan 12 oktyabrdan 13 oktyabrga o‘tar kechasi ukrainalik bokschi Aleksandr Usik super og‘ir vazn toifasida debyut jangini o‘tkazadi. U og‘ir vaznda mutloq jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Usik aslida Tayron Spong bilan jang qilishi kerak edi. Biroq janga besh kun qolganda Tayron doping mojarosiga aralashib qoldi va chetlashtirildi. Unga zudlik bilan raqib topildi. Ukrainalik charmqo‘lqop ustasi yangi vazndagi ilk jangini endi Chaz Uizerspunga qarshi o‘tkazadi. Biz ushbu mazu bo‘yicha ya’ni Aleksandr Usikning super og‘ir vazndagi debyuti qanday bo‘lishi mumkin, deya mutaxassisslar va bir qator bokschilarmizga murojaat qildik.

Tecno

Quyida ushbu savolga ular tomonidan bildirilgan fikrlarni e’tiboringizga havola etamiz.

- Fazliddin G‘oyibnazarov – bokschi, Rio Olimpiadasi chempioni

- Avvalo buni ring ko‘rsatadi. Bu vazn Usik uchun yangi. Shuning uchun biroz moslashish jarayoni qiyin kechishi mumkin. Lekin Aleksandr kuchli bosim evaziga raqibini charchatib, g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Ilk jangida g‘olib chiqishi mumkinku, lekin Joshua, Fyuri kabi raqiblar bilan raqobatlashish qiyin bo‘ladi.

fayzi

- Bahtiyor Mahkamov – O‘zbekiston professional boks federatsiyasi mutasaddisi

- Roy Jons ham xuddi shunday yo‘l tutgan edi. Bu ancha omadli chiqqandi. Umuman olganda Aleksandr ajoyib bokschi, unda rang-baranglik bor. Qolaversa, tezkorligi ham uning kuchli jihati. Usik g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman.

baxtiyor aka

- Davron Fayziev – jurnalist

- Bu qarama-qarshilikda Aleksandr Usik favorit deb o‘ylaman.

Davron Fayziev

- Jahongir Qurbonov – sobiq bokschi, murabbiy

- Aleksandr Usik og‘ir vazn toifasida tezligi, havaskor boksdagi tajribasi, oyoqdagi harakatlari evaziga barcha raqiblaridan bir bosh baland edi. Super og‘ir vazn toifasida yanada osonroq bo‘ladi. Chunki, bu vazndagi charmqo‘lqop ustalari anchagina vazmin va sekinroq bo‘ladi. Lekin o‘ziga yarasha xavfli tomoni ham bor. Bu vazndagi zarbalar juda kuchli bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, Usikning bu vaznda yo‘qolib qolmasligiga ishonaman. Albatta, bu jangda ukrainalik bokschi g‘alaba qozonadi.

photo_2019-08-26_21-05-36

- Rustam To‘laganov – bokschi, Rio olimpiadasi sovrindori

- Jang uzoq davom etmaydi. Uch yoki to‘rtinchi raundda Aleksandr Usik nokautga uchratadi.

rustam

- Islomjon Rahmonov –professional boks hakami

- Usikning kuchli tomonlari juda ko‘p. Kuchli harakaterga ham ega. Janglarini tomosha qilib zerikib ham qolmaysiz. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu jangda ukrainalik boks yulduzi g‘alaba qozonadi.

Bez nazvaniya

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Komol Omon
11/10/2019 23:38
Усик хаккатда зордэ