Aleksandr Volkanovski Braziliya vakiliga qarshi revansh o‘tkazadi
2026 yilning 1 fevral kuni Avstraliyaning Sidney shahrida "UFC 325" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, ushbu oqshomda yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski (27-4) o‘z kamarini braziliyalik Diego Lopes(27-7)dan himoya qilishi belgilandi. Bu mazkur jangchilar o‘rtasidagi ikkinchi to‘qnashuv bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Volkanovski va Diego o‘rtasidagi birinchi qarama-qarshilik 2025 yil 12 aprel kuni "UFC 314" turnirida o‘tkazilgan va unda Avstraliya vakili hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar