Aleksandr Volkanovski Iliya Topuriya bilan revansh o‘tkazmoqchi
Javohir Malikov
Bu haqida yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni ma'lum qildi
Yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski sobiq chempion Iliya Topuriyaga qarshi revansh xohlayotganini ma'lum qildi.
"Men raqobatni yaxshi ko‘radigan jangchiman va Topuriyaga qarshi o‘zimni yana bir bor sinab ko‘rishni juda istayman. U xavfli yigit, kuchli zarbalarga ega. Lekin menda revanishda g‘alaba qozonish uchun yetarli imkoniyatlar borligiga ishonaman", — dedi avstraliyalik.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski "UFC 333" turnirida Movsar Evloevni 2 raundda nokautga uchratdi.

Izohlar (0)