Aleksandr Volkanovski: "Islom Maxachev 77 kg da ko‘plab jangchilar uchun haqiqiy dahshatga aylanadi!"
UFC chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski rossiyalik Islom Maxachevning yarim o‘rta vaznga (−77 kg) ko‘tarilishi haqida fikr bildirdi.
"Islom 77 kiloda ko‘plab jangchilar uchun haqiqiy dahshatga aylanadi. U vazn o‘zgartirib to‘g‘ri yo‘l tutdi. Menimcha, Maxachev bu toifada ham ko‘pchilikka qo‘rqinchli raqib bo‘ladi. Biroq o‘ylashimcha, Jek Della Maddalena uni enga oladi", - Volkanovski "Submission Radio" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev (27-1) va Maddalena (18-2) to‘qnashuvi 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar