Aleksandr Volkanovski: "Movsar Evloev men uchun muammo tug'dirmaydi"

  • 13.10.2026 14:03
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim engil vaznda amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski rossiyalik Movsar Evloev ushbu diviziondagi eng kuchli da’vogar ekanini, ammo baribir avstraliyalik uchun muammo tug‘dirmasligini ta’kidladi. 

"Movsar qanday g‘alaba qozonishni biladi. Axir u shu paytgacha mag‘lub bo‘lmagan va men uni o‘zimdan keyin divizionning eng yaxshi jangchisi deb hisoblayman. Menimcha, u boshqa har qanday yarim engil vazn toifasidagi MMA ustasini mag‘lub eta oladi. Ammo uslubiy qarama-qarshilik haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘ylashimcha, Evloev men uchun eng qulay raqiblardan biri. U boshqalar uchun jiddiy muammo, lekin men uchun emas.

Movsar boshqa yigitlarga qaragand universallroq, uning boy arsenali, ko‘plab ko‘nikmalari va jang olib borish variantlari mavjud. Biroq boshqa raqiblarga katta muammo tug‘diradigan barcha narsalar men uchun mutlaqo muammo emas

25 daqiqalik janglarda meni mag‘lub etish juda qiyin. Islom, albatta, meni yengdi. Bu yerda men unga tan berishim kerak. Lekin boshqa hech kim 25 daqiqa davomida kaminadan yaxshiroq harakat qila olmaydi. Bilaman, Movsar uchun bu g‘alaba qozonishning odatiy yo‘li, lekin men bilan bunday nayrang o‘tmaydi. Bunga chindan ham ishonaman. Garchi rossiyalikni juda hurmat kilsam-da, uning harakatlari samarasiz ekanini bilaman", - dedi avstraliyalik sportchi Megan Oliviga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Volkanovski va Evloev o‘rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!