Aleksandr Volkanovski: "Movsar Evloevga qarshi jangda eng yaxshi jismoniy formamda bo'laman"
Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski birinchi raqamli da'vogar Movsar Evloevga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Jamoam bilan mashg‘ulotlar jadvaliga muvofiq harakat qilyapmiz. Jang o‘tadigan hafta biroz engilroq bo‘lishni xohlayman. Umid qilamanki, 24 oktyabr kuni faoliyatimdagi eng yaxshi jismoniy formada bo‘laman", – dedi avstraliyalik "Precision With Mighty & Izzy" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski va Evloev to‘qnashuvi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 333" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar