Aleksandr Xomyakov jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasiga qanday izoh berdi?

  • 17 iyul, 2024, 00:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Andijon”ning “Aral”ga (5:0) qarshi o‘tkazilgan nazorat uchrashuvidan keyin jamoa ustozi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

- Aleksandr Andreevich, yozgi yig‘indagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Albatta, chiroyli natija. O‘yin ham qoniqdingizmi?

- O‘yinni asosan nazorat bahsiga yarasha o‘tkazdik. Barcha o‘yinchilarga imkoniyat berdik. Biroz tanaffusdan so‘ng o‘yin amaliyotini his qilishi uchun tarkibda yangilar bor. Ularni ko‘ryapmiz. Natijaga e’tibor bermaymiz. Lekin yutganimiz yoqimli, albatta. O‘yin o‘rtoqlik doirasida o‘tgan bo‘lsa-da, ko‘zlagan tarkiblarni sinab oldik.

- Maydonda bir qator yangi nomlarni ham ko‘rdik. Ularning o‘yini haqida nima deya olasiz?

- Yangilar ham chakki emas. 5 kundan beri mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. E’tiroz yo‘q, barakalla. Yana kuzatishda davom etamiz.

- Tarkibga yana qanday futbolchilar qo‘shilishi mumkin?

- Ha, o‘zingiz ko‘rdingiz, o‘zgarishlar bor. Pozitsiyalar bo‘yicha kamchiliklarni to‘ldirish uchun izlanishda davom etmoqdamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!