Aleksandr Xomyakov: "Kelinglar, birgalashib bayram qilamiz!"

  • 8 oktabr, 2023, 20:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

Tecno

- Aleksandr Andreevich, avvalo g‘alaba bilan tabriklaymiz. Hissiyotlar qanday?

- Qanday ehtiroslar bo‘lishi mumkin? Albatta, xursandman. Kayfiyatim a’lo darajada. Agar “Andijon” jamoasi yutsa shaharda qanday bayram bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Shahar aholisi nihoyatda xursand bo‘lishiga men ham guvoh bo‘ldim, lekin mag‘lubiyatga uchrasa hamma xafa bo‘ladi. Shu bois meni ham bu g‘alabadan boshim osmonga etdi. Hammani yana bir bor g‘alaba bilan tabriklayman. Barchamiz birdek harakat qildik, muxlislar ham zo‘r holatda bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. O‘yinchilar ham buni yaxshi his qilishdi va g‘alabaga borlarini berishdi. Omad ham biz tomonda bo‘ldi. Darvozabonimiz ham bir necha bor xavfli vaziyatlarda qutqarib qoldi. Rubinning fantastik tarzdagi goli g‘alabaga zamin bo‘ldi. Shuning uchun barcha-barcha andijonliklarni g‘alaba bilan muborakbod etaman. O‘ylaymanki, bugun shaharda bayram kayfiyati bo‘ladi.

- 81-daqiqada uchta futbolchi almashtirdingiz va oradan 3 daqiqa o‘tgach, gol urildi. Bu sizni taktikangizmidi?

- Bu erda o‘yin vaziyatidan kelib chiqib o‘zgarishlarni amalga oshirgandik va bu o‘z natijasini berdi. Biz qanotlarni kuchaytirishimiz kerak edi. Shu bois o‘yinchilarni almashtirdik. Bir qancha vaziyatlarda xatolar ham bo‘ldi. Himoyachilarimiz ham ayrim holatlarda kichik xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Bizga mudofaa chizig‘ini ushlab turish uchun yangi kuchlar kerak edi. Shularni hisobga olib 3 ta futbolchini almashtirgandim. Abdug‘anievda charchoq alomatlari sezilgandek bo‘ldi. Uni almashtirdik. Qolaversa, raqibni OChLda ko‘p kuch sarflaganini ham bilardik. Ularda toliqish, safarga borib-kelish ta’sir qilgandek bo‘ldi. “Navbahor” jamoasi bilan ham shunga o‘xshash holatlarni hisobga olgandik va o‘shanda bu o‘z samarasini bergandi. Yakunda biz o‘z maqsadimizga erishdik.

- Keyingi mavsumda Xebayni “Andijon”da qolish imkoniyatini qanday baholaysiz? Ayrim klublar uni sotib olmoqchi ekan...

- Xebayni keyingi yili ham jamoa bilan shartnomasi bor. Kelasi yili nima bo‘lishini albatta vaqt ko‘rsatadi. Oldimizda yana bir qator o‘yinlar bor. Iloji boricha shu o‘yinlarda ham g‘alaba qozonib, yuqori o‘rinlarda yurishni xohlaymiz. Shuningdek, keyingi yili Andijon futbolini 60 yillik yubileyi bo‘ladi. Shu sababli jamoa yaxshi natijalarga erishishi kerak. Shunday ekan, yaxshi niyatlar bilan oldinga intilib ishlashni davom ettiramiz. Qani ketdik, bayram qilamiz (kuladi).

- “Andijon” peshqadamlardan ochko tortib olyapti. Bu sizga qanchalik yoqimli?

- Juda ham yoqimli-da. Xuddi sizlar xursand bo‘lgandek, men ham xursandman. Sizlardan ko‘ra nihoyatda xursandman. Chempion jamoani mag‘lub etish nihoyatda yoqimli. Ta’rifga so‘z yo‘q! Kelinglar, birgalashib bayram qilamiz!

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
998992832277 Дедашов Икрамжон Исманович
09/10/2023 08:07
Андижон Навбахорни ютганида канча хафа бу́лган булсаям Пахтакор маглубиятга учратилган пайт ундан ку́п хурсанд бу́лдим
НАВБАХОР Чемпион