Aleksandr Xomyakov: "Navbahor"ning o‘rinbosarlar jamoasiga qarshi o‘ynashimizni bilardik

  • 8 iyul, 2019, 01:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

«Andijon» hamda «Navbahor» (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Albatta, g‘alaba qozonish doim yoqimli. Javobsiz uchta gol kiritgan holda muxlislarimizni xursand qilishga erishdik. Bevosita butun o‘yinni olish kerak bo‘lsa, birinchi bo‘limda shogirdlarimning hatti-harakatlari unchalik qovushmadi. Vaholanki, biz bu bellashuvga «Navbahor»ning asosan o‘rinbosarlar tarkibidagi futbolchilari kelishini bilardik. Aftidan shu holat ham o‘yinchilarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazgan ko‘rinadi.

Yashirmayman, «Navbahor»ning o‘rinbosarlariga qarshi kechgan bellashuvda shogirdlarimning ilk bo‘limdagi o‘yinidan qoniqish hosil qilmadim. Shukrki, ular bunday o‘yin bilan raqibni yutib bo‘lmasligini angladilar va o‘z zimmalaridagi vazifalarga haqiqiy professionallarcha yondashgan holda birin-ketin uchta gol kiritishning uddasidan chiqishdi. Shuning evaziga bo‘lsa kerak, ikkinchi bo‘lim to‘laligicha bizning ustunligimiz ostida kechdi. Muhimi, ishonchli g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ammo yuqorida aytib o‘tganimdek, «Navbahor»ning o‘rinbosarlar tarkibi ustidan g‘alaba qozonganimiz uchun juda havolanib ketmasligimiz kerak. Bevosita «Andijon»ning o‘ziga kelsak, jamoa o‘yin uslubini mukammal ko‘rinishga keltirish ustida ishlamoqda.

- Jamoamizda tiklanish davri davom etmoqda. Boz ustiga g‘alabasiz o‘yinlar seriyasi tufayli futbolchilardagi ruhiyat ancha tushib ketgandi. Tabiiyki, bunday mahalda butun jamoa katta bosim ostida qolib ketadi. Biz murabbiylarning qarshimizdagi asosiy vazifa o‘yinchilarni ruhiy tushkunlik holatidan olib chiqib ketishdan iborat edi. Agar uchrashuvlarda tez-tez g‘alaba qozonilar ekan, shuning evaziga ruhiyat masalasida keskin darajada yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatiladi.

Bunday maqomdagi turnirda erishilgan g‘alaba biz uchun juda kerak edi. Chunki muvaffaqiyat o‘yinchilarda o‘z kuchiga ishonchni oshiradi. O‘ylaymanki, asta-sekinlik bilan ruhiy inqiroz ko‘chasidan chiqib boryapmiz. Yana takrorlayman: mana shunday bellashuvlarda qozonilgan g‘alabaning ishonchni kuchaytirishda foydasi katta bo‘ladi. Shuningdek, faqat g‘alaba ishonchni kuchaytirmaydi, balki himoyadagi bexato o‘yin futbolchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda o‘yin uchun tanlagan taktikamizda himoyaga ham e’tibor berishga harakat qildik. Darvozaning daxlsizligi saqlab qolinar ekan, bu hol o‘yinchilar ruhiyatini ko‘tarib yuboradi, - deydi Xomyakov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
08/07/2019 08:57
Канака келишади нахуй кераги бор Лига кубок расход факат расход на бир мукофот бор на бир к....т хам йугку
&
Boburiy
08/07/2019 08:42
Келишилган эканда олдиндан билган бўлса ёшлар билан ўйнашини.