Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Aleksandr Xomyakov: "Xarakter va sabr evaziga gol urdik"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

"Buxoro" raqibini mag'lubiyatga uchratdi.

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Buxoro" – "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Doimgidek bosimli o‘yin o‘tkazdik va ko‘p kuch yo‘qotdik. Raqib bugun zo‘r o‘yin ko‘rsatdi, ko‘p hollarda ustunlik qildi. Xarakter va sabr evaziga gol urdik. Ikkinchi bo‘limda ko‘proq himoyalandik va qarshi hujumlarni kutdik.

Bu o‘yinga ruhiy tayyor bo‘lishimiz juda muhim rol o‘ynadi. Termizdagi omad siz bahsdan so‘ng o‘z muxlislarimiz qarshisida yutmasak bo‘lmasdi. Omadsiz seriya hadeb davom etishini hech kim xohlamaydi. Ehtiroslarga boy futbol ko‘rdik, yakkakurashlar ko‘p bo‘ldi. Yigitlarga rahmat, muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklab, oldinga harakat qilishda davom etamiz.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q