Alfonso Devis uchun yana bir grand kurashga qo‘shildi

  • 13.12.2024 13:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" chap qanot himoyachisi Alfonso Devis "Liverpul"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, mersisaydliklar kanadalik himoyachi transferini ustuvor maqsadlaridan biri sifatida belgilagan. Shuningdek, "Real" va "Manchester Yunayted" ham Alfonsoga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Transfermarkt" portali Devisning qiymatini 50 million evroga baholamoqda. 24 yoshli himoyachining myunxenliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!