Ali Abdel-Aziz: "Jastin Getji chempmonlik jangiga loyiq"
Mashhur menejer Ali Abdel-Aziz UFC yulduzi Jastin Getjiga titul uchun ikmon berish kerakligini ta’kidladi.
"Biz Jastinni UFC tarixidagi eng yorqin jangchilardan biri sifatida eslab qolamiz. G‘alaba yoki mag‘lubiyat - hech qachon bunga ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki Getji hech qachon janglardan qochmagan. Menimcha, u titulga kurashish uchun etarlicha ish qildi. Hammamiz bilamiz — bu biznes, ammo qon, ter va mehnat — Jastinning kimligini ko‘rsatadi!" — deb yozdi Abdel-Aziz o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Getji oxirgi bor "UFC 313" turnirida oktagonga ko‘tarilib, ozarbayjonlik Rafael Fizievni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar