Ali Abdel-Aziz: “OAV Kavkaz jangchilari orasida mojaro qo‘zg‘atishga harakat qilmoqda"

  • 31.08.2025 09:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

"Dominance MMA Management" agentligi asoschisi va mashhur MMA jangchilarining menejeri Ali Abdel-Aziz OAVni Kavkaz jangchilari o‘rtasida ataylab nizo chiqarishga urinishda aybladi. Gap Xamzat Chimaev va Islom Maxachev o‘rtasida ehtimoliy jang tashkil etilishi haqidagi fikrlarga borib taqaladi.

“Media doim Kavkaz jangchilari orasida mojaro qo‘zg‘atishga harakat qiladi. Dog‘iston va Checheniston — bu bir xalq. Albatta, sportda ba’zida kimdir bir-biriga qarshi bellashishi mumkin. Lekin bu yigitlar mening hayotimda uchratgan eng yaxshi insonlar. Iltimos, buni to‘xtating”, — deb yozdi Abdel-Aziz o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Maxachevning rekodi 27-1, Chimaevda esa 15-0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!