Aliboev: "Bitta ko‘p bo‘lganimizda ham, hech narsa ko‘rsata olmadik"

  • 14 sentabr, 08:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turida "Neftchi" "Paxtakor" mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda farg‘onaliklar tarkibidan gol urgan Ikrom Aliboevning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Tecno

Qiziq o‘yin bo‘ldi, bu to‘qnashuv bekorga "o‘zbek klasiko"si deyilmaydi. To‘g‘risini aytsam, bitta ko‘p bo‘lganimizda ham, hech narsa ko‘rsata olmadik. 

Bugun "Paxtakor"ning qaysi jihatlari ustunlik qildi?

Bu haqida nimadir deya olmayman. Ular bitta kam bo‘lib qolishdi va himoyalanishdi, qo‘limizdan hech narsa kelmadi. 

Mag‘lubiyat chempionlik uchun kurashga ta’sir qilmaydimi?

Albatta ta’sir qiladi. Ammo hali o‘yinlar bor, oradagi farq ham katta emas, 4 ochko. 

Keyingi uchrashuvda jamoani "Dinamo"ga qarshi bahs kutib turibdi. "Neftchi" qisqa muddatda bu uchrashuvga tiklanib, tayyorgarlik ko‘ra oladimi?

Harakat qilamiz va tayyor bo‘lamiz. 

Bir kishi ko‘p bo‘lib, yutqazgan jamoadan muxlislarning ko‘ngli to‘lmasligi ta’biy. 

Agar ko‘ngli to‘lmaganda, stadionga kelmas edi. Shundan bilib olsa bo‘ladi barchasini. Agar kelib, qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, ular bizga ishonayotgan bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi"ni oldinda "Dinamo", "So‘g‘diyona", "Andijon" va OKMK bilan bo‘ladigan ketma-ket katta o‘yinlar kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!