Aliqulov to‘liq harakat qilgan bahsda "Rizespor" yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 02.04.2024 21:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Turkiya chempionati 31-turidan o‘rin olgan "Istanbulspor" - "Rizespor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar yirik, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ibragim Olavoin hisobni ochgan bo‘lsa, Martin Minchev dublni rasmiylashtirdi. O‘yin so‘ngida Babajide ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz Husniddin Aliqulov boshlang‘ich tarkibdan joy oldi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Bundan tashqari, 54-daqiqada hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng rizeliklar ochkolari sonini 45 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!