Alisher Nikimbaev MTJ murabbiyligiga Karlo Anchelotti nomzodligi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

  • 24 oktabr, 2017, 14:07
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbaev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiy tanlashda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligini, yangi murabbiy olib kelishga hali vaqt etarli ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Futbol Ekspress” gazetasi ma’lum qildi.

Tecno

- To‘g‘risi, Ro‘ziqul Berdiev va O‘FF nima uchun tanqid qilinayotganiga tushunmayapman. Terma jamoaning birinchi rasmiy o‘yinigacha 14 oy vaqt bor. Shu sababli yangi murabbiy tanlashda shoshilgandan foyda yo‘q. Duch kelgan murabbiyni tanlash ham to‘g‘ri kelmaydi. Ayni paytda murabbiylar bozorida faqatgina Evropada mavsum boshida ishsiz qolganlar bor. Albatta, ushbu ro‘yxatda Ronald de Bur, Karlo Anchelotti kabilar ham bor. Lekin O‘FF rahbariyati ular bilan muzokara olib borayotganligi fayt emas. Shuningdek, ular terma jamoamizga kelishi ham aniq emas. Men uchun kim vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajargandan ko‘ra bosh murabbiy sifatida kim bilan shartnoma imzolanishi muhim. Shu asosiy savol. Agar yakunda terma jamoasini ayni paytda JChga tayyorlayotgan murabbiy tanlansa ham ajablanmayman. Bunday holatda o‘z ishini iyulda boshlashi kerak bo‘ladi. Kechmi? Nima uchun kech? Osiyo kubogigacha bir yarim yil vaqt bor. Tayyorlanish uchun vaqt etadi. Keyin siz uchun qaysi biri yaxshi: yana Osiyo kubogidagi yarim finalmi yoki JChga chiqishmi? Javob aniq. Shuning uchun havotirlanishga hech qanday sabab yo‘q.

Berdievning bosh murabbiy etib tayinlanishiga keladigan bo‘lsak, bu erda barchasi oddiy: o‘z kuchini milliy terma jamoada sinab ko‘rishni istamaydigan murabbiy yo‘q. Ro‘ziqulni tanqid qilayotganlar ham bunday imkoniyatdan foydalanib qolgan bo‘lardilar, - deydi Nikimbaev o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!