Alisher Nikimbaev Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston MTJning ustunligi haqida gapirdi

  • 15 iyun, 2021, 15:14
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bo‘ladigan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvidan oldin futbol jamoatchiligi o‘z fikrlarini bildirmoqda. Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev SPORTS.uz saytiga bellashuvdan avvalgi qarashlarini bayon etdi.

Tecno

- Bu saralash payti 1999 yilda terma jamoamiz Osiyo kubogi saralashida qatnashgan va shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgani yodimga tushdi. Birinchi ikkita uchrashuv - Bangladesh va Shri-Lankani oson yutganmiz. Keyin Hindistonga qarshi juda qiyin o‘yin bo‘lgan. Balki Yaman bilan o‘yin kabidir. Hattoki, hindlar 2:0 hisobida yutayotgandi. Keyin raqib darvozaboni jarohat olgan, futbolchilarimiz zaxiradan tushib, gollar urgan. Yakunda g‘alaba qozondik - 3:2. Oxirgi bahs - BAAga qarshi bellashuvdan oldin (turnir Al-Aynda bo‘lgan) o‘yin qiyin kechishini taxmin qilgandik. Shunday ham bo‘ldi. Biz 90 daqiqa himoyalanganmiz. O‘sha bellashuvda Mirjalol Qosimov hujumchi Maksim Shatskixga pas bergandi, u darvozani ishg‘ol qilgan. Yakunda 1:0 hisobida zafar quchib, Osiyo kubogiga chiqqanmiz. Chempionatda nima yuz bergani boshqa tarix, lekin aytmoqchi bo‘lganim saralashni yaxshi boshlaganmiz.

Alisher Nikimbaev: O‘zbekiston MTJ Saudiyaga yutqazsa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Agarda...

9861573304087

Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston. Bugun kimlar asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin?

Futbolda doim ham yaxshi o‘ynagan jamoa yutmaydi. Chunki tartibli o‘yin tajribadan ustun kelishi mumkin. Tartibli o‘yin va futbolchilar borini bersa, g‘alaba qozonsa bo‘ladi. To‘g‘ri, Saudiyaga qarshi bahsda bizni faqat 3 ochko qoniqtiradi. Shu bois 1999 yilga o‘xshaydigan holat.

Hozir men o‘yin haqida gapirmoqchi emasman. Bu borada juda ko‘p odam fikr bildiradi. Men birinchi navbatda, futbolchilarning shijoati va mahorati borasida so‘z yuritmoqchiman. Ularning ba’zilari uchun bu oxirgi saralash bahslariga aylanishi mumkin. Shu bois bu so‘nggisi aylanmasligi uchun barcha mahoratni ishga solib, g‘alaba qozonishimiz lozim. Vakillarimizda shunday mahorat borki, kerakli pallada o‘zini ko‘rsatishga imkoniyati etadi. Men g‘alabaga ishonaman. Asosiy ustunligimiz - mahoratimiz va shijoatimiz, - dedi Alisher Nikimbaev.

Saudiya Arabistoni murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan: Uning maydonga tusha olmasligi katta yo‘qotish

Saudiya Arabistoni nashri Jaloliddin Masharipov haqida yozdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
15/06/2021 16:57
АСОСИЙ УСТУНЛИГИМИЗ МАҲОРАТИМИЗ ВА ШИЖОАТИМИЗДА. ЯШАНГ БОР БЎЛИНГ АЛИШЕР ТОҒО. ҲАР ҲОЛДА НЕГАТИВ ФИКИРЛАР УМУМАН ЙЎҚ. ҲАММА БИРДЕК ЯҲШИ НИЯТДА. НИЯТГА ҚАРАБ БЎЛАДИ ҲАММАСИ. ОЛҒА ЙИГИТЛАР. 1999 ЙИЛНИ ЁДГА ОЛИБ МАЙДОНДА ҒАЛАБА САРИ ТУШИНГЛАР. ЮТАМИЗ ҲУДО ҲОҲЛАСА АЛБАТТА .