Alisher Nikimbaev: "Turon"ga professionallik etishmadi, hokimga yalingan "Andijon" hech qanaqasiga xususiy klub emas"

  • 21 iyul, 2022, 16:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qatardagi jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi a’zosi hisoblangan Alisher Nikimbaev "Gapiraman" loyihasida mehmon bo‘ldi. Unda mutaxassis nima sababdan O‘zbekistonda xususiy klublar ko‘paymayotganiga izoh berib o‘tdi.

Tecno

– Asosiy muammo - O‘zbekistonda futbolni biznes, deb hisoblashmaydi. Bu borada tizim ham yo‘q. Xususiy jamoa qachon paydo bo‘ladi? Qachonki, klub egalari foyda qilishni xohlasa. Nafaqat futbolni sevish, balki foyda ko‘rishni ham o‘ylash kerak. Masalan, translyatsiyadan foyda "nol". Homiylarning pullari faqat Superliganing o‘ziga zo‘rg‘a etyapti. PFL olayotgan badal pullari 2017 yilga qaraganda 3 baravar ko‘p. O‘yinga chiqarilgan chiptalar arzon va muxlislarga etarli sharoitlar yaratilmagan. Asosiy, shu 3 ta yo‘nalishdan daromad bo‘lmasa, xususiy klublar paydo bo‘lishi ilojsiz.

"Turon"da professionallar ishlamayapti, "Andijon" esa xususiy klub emas

– "Turon"ga professionallik etishmadi. Oddiy misol, Shkvirin nimaga ketganini bilasizmi? Undan so‘ramasdan, yordamchi murabbiy sifatida Bahrom Hakimovni olib kelishgan. Aytmoqchimanki, tajribasi Shkviringa deyarli teng mutaxassis chaqirilgan. Ertasi kuni Igor arizasini yozdi va ketdi. Hakimov ham ikki-uchta o‘yindan so‘ng bo‘shatilgan. Mana nima uchun ular professional emas. Tepadagi rahbarlar xohlaganini qildi, bunday ish bilan professional klub tuzib bo‘lmaydi. Menimcha, hozir vaziyat o‘zgargan, balki keyingi yil Superligaga qaytishsa, yangi "Turon"ni ko‘rarmiz.

Tushunishimcha, "Andijon" hech qanday xususiymas. Hattoki, bu yil ularda muammo paydo bo‘lganda, birinchi navbatda, hamma "Ha, hokim buva, nimaga yordam bermayapsiz", deya viloyat hokimiga yalinib kelgan. Hali ham ular hokim yordamiga muhtoj.

Davlat jamoalarni moliyalashtirishni to‘xtatsa, "xaos" yuzaga keladi

– Klublar birdaniga xususiylashtirilsa, "xaos" bo‘ladi. Davlat qaramog‘idagi jamoalar yopiladi. Liga qatnashchilari soni kamayganidan keyin Qirg‘izistondagidek vaziyatga duch kelamiz. Superligada 6-8 tagina jamoa qoladi. Tayyor futbolchilar chet elga ketishi mumkin, qolganlari esa ishsiz qoladi. Umuman olganda, ular xorij klublariga kerakmi? Sababi hozirda avvalgidek ko‘p o‘yinchilarimiz chet elda o‘ynamayapti. Futbolchilarmizning legionerga aylanishi uchun saviyasi ham etarli emas. Bundan termamiz zarar ko‘rishi mumkin.

Suhbatning to‘liq versiyasini quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!