Alkantara "Barselona"da qoladi

  • 15 sentabr, 2020, 13:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Rafinya Alkantara jamoada qoladi. Bu haqida "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, "ko‘k-anorranglilar" futbolchi uchun 16 mln evro narx belgilagan edi. Biroq 27 yoshli futbolchiga birorta klub qiziqish bildirmagan. Shu sababli, turli yillarda har xil jamoalarga ijaraga berilgan Alkantara bu mavsumni kataloniyaliklar safida o‘tkazadi.

Braziliya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumni "Selta" klubida ijara asosida o‘tkazdi va 29 o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!