
Allegri "Al-Hilol"ning super taklifini rad etdi
Saudiya Arabistoni klubining yangi taklifi Massimliano Allegri tomonidan rad etildi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, “Yuventus” bosh murabbiyi “Al-Hilol”ni boshqarishdan bosh tortgan. U Italiya klubida faoliyatini davom ettirish niyatida.
Romanoning aytishicha, 55 yoshli mutaxassisga payshanba kuni yiliga 20 million evro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilingan. Kecha esa mavsum uchun taxminan 30 million va 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma haqida yangilangan taklif yuborilgani haqida xabarlar chiqqandi.
Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassis har ikki taklifga rad javobini bergan.
Fikrlar