Allegri “Napoli” bosh murabbiyiga aylandi — Romano

  • 28.05.2026 21:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Massimiliano Allegri “Napoli” klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida mashhur jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 58 yoshli mutaxassis neapolliklar taklif qilgan barcha shartlarga rozilik bildirgan va yaqin vaqt ichida shartnoma imzolaydi. Kelishuv to‘liq yakunlangani ta’kidlanmoqda.

Allegri o‘tgan mavsum “Milan”ni boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa A Seriyada 70 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qoldi.

“Napoli” esa Antonio Konte boshchiligida 76 ochko jamg‘arib, chempionatni 2-o‘rinda yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!