Allegri "Napoli"dan uchralgan mag‘lubiyatning asosiy sabablari haqida gapirdi
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Superkubogi yarim finalida "Napoli"ga qarshi o‘yindan keyin (0:2) fikrlarini bildirdi.
— Bu har ikki jamoa yaxshi o‘ynagan uchrashuv bo‘ldi. Ular yaxshiroq himoyalandi va g‘alaba qozondi. Biz Kubok va Superkubokda mag‘lub bo‘ldik, endi esa o‘z yo‘limizga qaytishimiz kerak.
Hakamlar yaxshi ishlashdi. Birinchi gol epizodida biz yaxshiroq himoyalanishimiz lozim edi. So‘nggi o‘yinlarda juda oson gol o‘tkazib yuboryapmiz, buni tuzatishimiz shart. Bu uchrashuvga tajriba sifatida qarashimiz kerak, mag‘lubiyat biz uchun achinarli.
Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, ammo jarima maydonida yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. Bunday o‘yinlarda barchasini xatolar hal qiladi. Birinchi golda xato qildik, to‘pni ikki marta yo‘qotdik — shuning uchun ham shunday bo‘ldi.
Nkunkuga kelsak, u qattiq mehnat qilyapti. Balki gol urish unga ishonch bag‘ishlar. U Italiyada bor-yo‘g‘i uch oy bo‘ldi, moslashish uchun vaqt kerak, lekin uning sifatlari juda muhim va biz ulardan foydalanishimiz shart.
Agar uchta o‘yin ketma-ket ikki tadan gol o‘tkazib yuborsak, demak nimanidir o‘zgartirish kerak. Kelajakda to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynaymizmi? Bir o‘yin uch oylik mehnatni yo‘qqa chiqarmasligi kerak. Faqat xotirjamlik bizga asosiy maqsadga — birinchi to‘rtlikda yakunlashda yordam beradi. Agar biz yaxshi natijalarga erishgan bo‘lsak, demak bunga sabab bor, — dedi Allegri.
Fikrlar