Allegri “Napoli”ga eski tanishlarini chaqira boshladi

  • 08.07.2026 07:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Napoli” rahbariyati kelasi mavsum oldidan himoyachi Federico Gattini jamoa  tarkibiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqida Sport Mediaset nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, transfer tashabbuskori – neapolliklarning yangi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ekan. Italyalik mutaxassis avval “Yuventus”da ishlagan vaqtida Gatti bilan hamkorlik qilgan.

Turin klubi raqobatchisiga futbolchisini sotishni istamasa-da, 25 million evrolik taklif tushsa, himoyachini qo'yib yuborishga tayyor.

28 yoshli Gatti 2022 yil yanvar oyida “Yuventus”ga qo'shilgan. O'tgan mavsum u 28 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Uning shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!