Allegri "Real"ga o‘tsa, ikki futbolchini olib kelishni so‘raydi
Massimiliano Allegri "Milan"dan "Real"ga tayinlanadigan bo‘lsa, Ispaniya klubidan ikki futbolchini jamoaga qo‘shib olishni so‘rashi mumkin.
Avvalroq "Real" yozda 58 yoshli mutaxassisni taklif etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Klub prezidenti Florentino Peres g‘oyoki avval ham — 2019 va 2021 yillarda taklif qilishga urinigan tajribali murabbiyga yana ishonch bildirmoqchi.
"Tuttosport" ma’lumotiga ko‘ra, Allegri hozircha "Milan"da barchasidan mamnun. Biroq u "Real" bilan muzokara boshlasa, ikki shartni ilgari suradi.
Birinchi shart — Luka Modrichni jamoada saqlab qolish. Xorvat yarim himoyachisining milanliklar bilan shartnomasi "1+1" shaklida tuzilgan bo‘lib, hamkorlikni uzaytirish masalasi hali hal etilmagan. Allegri 40 yoshli futbolchiga jamoada "madrid ruhi"ni saqlovchi, o‘tmiş va kelajakni bog‘lovchi figura sifatida muhim o‘rin bermoqchi.
Ikkinchi shart — yarim himoyachi Adrien Rabyoni tarkibga qo‘shib olish. Fransiyalik o‘yinchi Allegri qo‘l ostida "Yuventus"da muhim rol o‘ynagan va hozir ham "Milan" yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar