Allegri: "To‘p qancha ko‘p o‘yinda bo‘lsa — shuncha ko‘p futbol bo‘ladi"
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri PSJ va "Bavariya" oʻrtasidagi shov-shuvga sabab boʻlgan yarim final uchrashuvi (5:4) haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Jurnalistlar ushbu oʻyinni "rossoneriliklar"ning "Yuventus"ga qarshi soʻnggi bahsi (0:0) bilan taqqosladi va bu jamoatchilikda turlicha munosabat uygʻotgan edi.
"Hammasi juda oddiy: Liga Pro (C Seriya)da toʻp oʻrtacha 20 soniya oʻyinda boʻladi, B Seriyada — 40 soniya, A Seriyada esa — bir yarim daqiqa. PSJ — "Bavariya" oʻyinida esa toʻp, ehtimol, uch daqiqa atrofida oʻyinda boʻldi. Toʻp qancha koʻp oʻyinda boʻlsa — shuncha koʻp futbol boʻladi", — dedi Allegri.
Murabbiy bu fikrlarni bugungi "Sassuolo"ga qarshi oʻyin oldidan bildirdi. Uchrashuv 18:00'da boshlanadi. "Bavariya" va PSJ oʻrtasidagi javob bahsi esa 6 may kuni Myunxenda boʻlib oʻtadi.

Fikrlar